Shanba kuni kechqurun Krasnodar aholisi osmonda chaqnashini ko‘rdi, u portlashga o‘xshash tovushlar bilan birga keldi. Voqea aks etgan surat va videolarni mahalliy telegram kanallari e’lon qildi.
Hozircha nima bo‘lganiga rasmiy izoh berilmagan. Mahalliy hokimiyat vakillari voqea yuzasidan izoh bermadi. Bundan biroz oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainani Rossiya hududiga raketa hujumiga urinishda ayblagan edi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan taxminan 18:00da Ukraina Azov dengizi uzra Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan ikkita S-200 zenit-raketalarini otgan.
Kiyev Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga izoh bermadi.