Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning insonparvarlik yordami Bayrutga yetkazildi

A A A
Rossiyaning insonparvarlik yordami Bayrutga yetkazildi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyoti Bayrut xalqaro aeroportiga gumanitar yordam yetkazdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

“Il-76"ga ortilgan oziq-ovqat, dori-darmon, chodirlar va elektr generatorlari kabi insonparvarlik yuklari Livan tomoniga o‘tkaziladi. Samolyotni Rossiyaning Livandagi elchisi Aleksandr Rudakov va Livan atrof-muhit vaziri Naser Yasin kutib oldi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, gumanitar operasiya Rossiya Federasiyasi prezidentining topshirig‘iga muvofiq va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari topshirig‘iga binoan amalga oshirilgan.

“Il-76 maxsus samolyoti umumiy og‘irligi 33 tonna bo‘lgan, jumladan, oziq-ovqat, asosiy ehtiyojlar, dori-darmon va ko‘chma elektr stansiyalarini o‘z ichiga olgan insonparvarlik yukini yetkazib berdi”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:15 03.10.2024. O'qildi: 1752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!