Moskva va Vashington o‘z diplomatik vakolatxonalari bank xizmatlari uchun kafolatlar, Rossiyaning xalqaro tashkilotlar byudjetiga qo‘shadigan badallari bo‘yicha kelishib oldi, dedi Rossiyaning AQShdagi elchisi Aleksandr Darchiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi maslahatlashuvlarda Rossiya AQSh oldiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini qayta tiklash masalasini ko‘taradi.
"Rossiya Federasiyasi Vashington tomonidan noqonuniy ravishda tortib olingan diplomatik mulkni qaytarish bo‘yicha AQSh bilan jiddiy suhbatga tayyor", dedi Darchiyev va Istanbuldagi uchrashuv "Jo Bayden ma’muriyatining zaharli merosidan xalos bo‘lishga yordam berish uchun mo‘ljallangan"ligini ta’kidladi.
“Putin va Tramp o‘rtasidagi aloqalar allaqachon Rossiya Federasiyasi va AQSh diplomatlariga vizalar berish va ularning safarlari tartibini yumshatish masalalarida oldinga siljish imkonini berdi”, — qo‘shimcha qildi u.