Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik blogerga nisbatan jinoiy ish ochildi

A A A
Rossiyalik blogerga nisbatan jinoiy ish ochildi

Rossiyalik mashhur bloger Ilya Varlamovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasi xabar bermoqda.

Bloggerga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 2-qismi (Rossiya Federasiyasining xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Varlamov 2 yilgacha qamoqqa olinishi mumkin.

2023 yil mart oyi oxirida Rossiya Federasiyasi Adliya vazirligi Varlamovni xorijiy agentlar reestriga kiritdi. Boshqarmada aytilishicha, u davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ular olib borayotgan siyosat to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan va xorijiy manbalardan yordam olgan.

Kiritildi: 18:50 25.11.2024. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!