Rossiyaga muhojirlar oqimi oxirgi o‘n yildagi eng past darajaga tushdi. Bu 2008 yilgi inqiroz, Qrimning anneksiya qilinishi va COVID-19 pandemiyasidan keyin migrasiya pasayishining to‘rtinchi to‘lqini bo‘ldi.
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oxiriga kelib mamlakatga 560 ming kishi kelgan. Bu urushning birinchi yiliga nisbatan 23 foizga kam: o‘shanda oqim 730 ming kishini tashkil etdi.
Rossiyaga uchdan bir qismi Tojikistondan, 10 foizi Qirg‘izistondan, 9 foizi Ukraina, Armaniston va Qozog‘istondan, yana 4 foizi O‘zbekistondan kelgan. Belarus, Xitoy, Turkmaniston, Hindiston va boshqa mamlakatlardan ham migrantlar keladi.
2023 yilda eng ko‘p muhojirlarni Moskva va Tyumen viloyatlari, shuningdek, Xanti-Mansi avtonom okrugi qabul qilgan: ular umumiy migrasiya o‘sishining 57 foizini tashkil qilgan. Eng kam migrantlar Primore, migrantlarning 20 ta faoliyat sohalarida ishlashi taqiqlangan Tomsk viloyati va Ukraina bilan chegaradosh viloyatlar tomonidan qabul qilingan.