Rossiyaning Visosk portiga yo‘l olgan Panamaning Meshka bayrog‘i ostidagi yuk kemasi Shvesiya janubidagi Landskruna shahri yaqinida sayozlikka tushib qoldi, deb xabar bermoqda SVT.
"Biz ekipaj a’zolarini so‘roq qilmoqchimiz va sayozlikka kirib qolish sababini aniqlashga harakat qilamiz," - deya telekanal Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xabaridan iqtibos keltiradi.
Qayd etilishicha, hozircha jinoiy harakatlar mavjudligi bo‘yicha hech qanday shubha yo‘q, ekipaj bilan suhbatlar vaziyatga oydinlik kiritishga yordam beradi.
Qurolli kuchlar vakillari vaziyatni nazorat qilayotganini va aralashish uchun hech qanday asos ko‘rmayotganini tasdiqladi.