Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi

Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi

«O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Rossiyadan Toshkentdan shahar atrofi qatnovlari uchun foydalaniladigan yangi elektropoyezd oldi. Bu haqda kompaniya raisi Zufar Narzullayev seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Gazeta.uz.

«Rossiyadan xalqqa xizmat qiladigan «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga shaharlararo elektropoyezd olib kelindi. Buni ham xalqimizga xizmat qilishga qo‘yishga topshiriq berildi», — dedi Zufar Narzullayev.

20 noyabr kuni Telegram`dagi kanallar Rossiyada ishlab chiqarilgan EP3D elektropoyezdining sinovlari haqida xabar bergandi. EP3D — Rossiya yo‘lovchi elektropoyezdlari bo‘lib, u 2016 yildan buyon Demixov mashinasozlik zavodida ishlab chiqariladi.

Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi

Prezident 2022 yilning yozida Toshkentdan Hojikent, Bekobod va Angren yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergandi. Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda hozirgi poyezdlar parki eskirgani va yo‘lovchilar oqimiga bardosh bera olmasligi ta’kidlangan.

O‘shanda elektropoyezdlarning harakat tezligi pastligi, vokzallar va jamoat transporti o‘rtasi o‘zaro bog‘lanmagani, xizmat ko‘rsatish darajasi pastligi, tariflarni erkin boshqarish imkoniyati yo‘qligi va va boshqa kamchiliklari qayd etilgan.

2021 yilning bahorida «O‘zbekiston temiryo‘llari» kompaniyasi Toshkentda shahri atrofi qatnovi uchun elektropoyezdlar parkini yangilash rejasini e’lon qilgandi. Xojikent yo‘nalishiga to‘rtta yangi tezyurar elektropoyezdini qo‘yish rejalashtirilgan, bu esa yo‘l vaqtini 2 soat 15 daqiqadan 1 soatga qisqartirishi bildirilgan.

Kiritildi: Bugun 10:43. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!