Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyadagi vaqtinchalik hibsxonada saqlanayotgan bir guruh Tojikiston fuqarolari Tojikiston hukumatidan yordam so‘radi

Rossiyadagi vaqtinchalik hibsxonada saqlanayotgan bir guruh Tojikiston fuqarolari Tojikiston hukumatidan yordam so‘radi

Rossiya Tataristonidagi vaqtinchalik hibsxonada saqlanayotgan bir guruh Tojikiston fuqarolari Tojikiston hukumatidan yordam so‘ragan. Migrantlarning aytishicha, Rossiya hukumati ularni urushga majburlamoqda, deb xabar beradi Ozodi radiosi.

Muhojirlardan biri Rossiya rasmiylari har doim jangovar harakatlarda qatnashish uchun shartnoma imzolashni taklif qilishini va odamlarni uylariga jo‘natmasliklarini aytdi. Ko‘pchilik uch oydan bir yilgacha vaqtinchalik saqlash hibsxonasida bo‘lib, ular orasida hech qanday qonunni buzmagan, ishlash uchun barcha ruxsatnomalarga ega va hokazolar ko‘p.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, aynan Tojikiston fuqarolari qattiq jazolanadi. Xuddi shu markazda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan yumshoqroq muomala qilinadi.

Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni ta’qib qilish Krokus Siti Xolldagi teraktdan keyin keskin kuchaydi. To‘rt nafar Tojikiston fuqarosi teraktni sodir etganlikda ayblangan.

Kiritildi: 21:22 19.06.2024. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!