Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar banklardan foydalana olmaydi, turmush qura olmaydi va bolalarini maktabga bera olmaydi — Rossiya IIV

A A A
Rossiyadagi noqonuniy migrantlar banklardan foydalana olmaydi, turmush qura olmaydi va bolalarini maktabga bera olmaydi — Rossiya IIV

"Rossiya hukumati mamlakatdagi noqonuniy migrantlar reestrini tuzmoqda", — deya ma’lum qildi mamlakat ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, reestrga kiritilgandan so‘ng xorijliklar "transport vositalarini haydash, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatga olish, nikoh tuzish va bekor qilish, bolalarini bog‘cha va maktablarda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi".

Ro‘yxatga olish kitobi qachon yaratilishiga aniqlik kiritilmadi.

Bir kun avval mamlakat Ichki ishlar vazirligi Rossiya migrasiya tizimida 6 milliondan ortiq xorij fuqarosi ro‘yxatga olinganini ma’lum qilgandi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich kamida 8,5 milliontani tashkil qilgan.

Kiritildi: 15:35 19.09.2024. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!