Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada VPN haqida har qanday ma’lumotni tarqatish taqiqlanadi

Rossiyada VPN haqida har qanday ma’lumotni tarqatish taqiqlanadi

«Roskomnadzor» 2024 yil 30 noyabrdan boshlab Rossiyada blokirovkalarni chetlab o‘tish uchun ishlatiladigan VPN-servislar haqidagi ilmiy va statistik ma’lumotlarni e’lon qilgan saytlarni bloklashni boshlaydi.

Taqiq bo‘yicha tegishli buyruq huquqiy axborot portalida e’lon qilindi va u 2029 yil 1-sentyabrgacha amal qiladi.

Buyruq matniga ko‘ra, ilmiy va texnik materiallar, shuningdek, bloklangan resurslarga kirish uchun VPNdan foydalanish bilan bog‘liq ma’lumotlar taqiqlanadi.

Himoyalangan masofaviy kirishni ta’minlash uchun ishlatiladigan VPN haqidagi ma’lumotlar bundan mustasno.

Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar blokirovkalarni chetlab o‘tish texnologiyalari ommalashuvining oldini olishga qaratilgan.

Tushuntirish xatida Roskomnadzor bunday xizmatlardan faqat maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash uchun foydalanish kerakligini ta’kidladi.

Davlat organlari, hokimliklar va yirik kompaniyalar, shu jumladan banklar ushbu vazifaga faol tayanadilar.

Kiritildi: 18:42 22.11.2024. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!