Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Lodeynopolskiy tumanida quduq qaziyotgan paytda tuproq ko‘chishi natijasida ishchilardan birini bosib qoldi.
“78.ru” xabar berishicha, voqea 28 avgust kuni tushdan keyin Pirkinichi bog‘dorchilik hududida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar erkakni qutqarishga harakat qilgan, biroq kech bo‘lgan.
Marhum 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u Sankt-Peterburgga ishlash uchun kelgan. Ishchining jasadi polisiyaga topshirilgan