Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada tug‘ilish tarixdagi eng past ko‘rsatkichga yaqinlashdi

Rossiyada tug‘ilish tarixdagi eng past ko‘rsatkichga yaqinlashdi

Rossiyadagi tug‘ilishlar soni 2000 yildagi darajaga yaqinlashdi. O‘shanda zamonaviy Rossiya tarixidagi eng past ko‘rsatkichlardan biri qayd etilgandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar noyabr oylarida Rossiyada 1,124 million bola dunyoga kelgan. Tug‘ilish bo‘yicha salbiy tendensiya 2017 yildan beri kuzatilmoqda. Eng katta pasayish Yahudiy muxtor viloyati, Qalmig‘iston, Oltoy respublikasi, Kamchatka o‘lkasi va Vologda viloyatida qayd etilgan.

Bunda tug‘ish yoshidagi ayollar sonining kamayishi va aholining qarishi bilan bog‘liq vaziyat asosiy sabab hisoblanadi. 2027 yildan keyin mamlakatda tug‘ilish ko‘rsatkichi oshishi kutilmoqda. “Rosstat” ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Rossiyada 1 435 800 nafarga yaqin chaqaloq dunyoga kelgan.

Kiritildi: 11:20 31.01.2025. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!