Aleksandra Mitroshina, o‘z faoliyatini 3ta xususiy tadbirkor nomidan olib borgan shu tariqa 127 million rubl soliq to‘lamagan. Olingan noqonuniy daromadlarni yashirish maqsadida, o‘zgalar nomga Moskvadan hashamatli kvartira sotib olgan.
Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, blogerga 7 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Ma’lumot uchun Rossiyada so‘nggi 3 yilda bir necha blogerlar (Elena Blinovskaya, Valeriya Chekalina va boshqalar) soliq to‘lashdan qochishda ayblanib javobgarlikka tortildi. Ulardan yuzlab million rubl soliqlar undirildi, hashamatli uy joylar musodara qilindi va hatto ayrim blogerlar qamaldi.