Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyada SIM-karta sotib olish shartlari kuchaytiriladi

Rossiyada SIM-karta sotib olish shartlari kuchaytiriladi

Mobil aloqadan foydalangan holda firibgarlik va boshqa jinoyatlar sodir etish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Rossiya Davlat Dumasiga kiritildi. Bu haqda loyiha mualliflaridan biri, deputat Vasiliy Piskarev xabar berdi.

Qonun loyihasida chet elliklar uchun SIM-karta olish shartlari yanada kuchaytiriladi. Endi ular Internet orqali emas, faqat aloqa do‘konlari va savdo nuqtalarida Yagona biometrik tizimdan foydalangan holda mobil aloqa uchun shartnoma tuza oladi.

Bir nafar chet el fuqarosiga 10 dan ortiq raqam berilishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, SIM-karta mijoz qurilmasining IMEI kodiga (telefon, planshet, noutbuk identifikasiya kodi) biriktirib qo‘yiladi, shu tufayli SIM-kartani boshqa qurilmaga ko‘chirish imkonsiz bo‘ladi.

Qonun loyihasida, shuningdek, xorijliklar 2025 yil 1 martgacha avval tuzilgan shartnomalarni yangi shartlarda yangilashi kerakligi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 23:35 13.06.2024. O'qildi: 1934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!