Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada Sberbank 4,9 foiz stavka bilan kreditni reklama qilgani uchun 600 ming rubl jarimaga tortildi

A A A
Rossiyada Sberbank 4,9 foiz stavka bilan kreditni reklama qilgani uchun 600 ming rubl jarimaga tortildi

Rossiya Federal monopoliyaga qarshi xizmati (FAS) Sberbankni 600 ming rubl (84 mln so‘m atrofida) miqdorida jarimaga tortishga qaror qildi.

Bunga sabab sifatida 4,9 foiz stavkadagi kreditni reklama qilishda “iste’molchilarni chalg‘itish” keltirilgan.

FAS matbuot xizmati Rossiya telekanallarida efirga uzatilgan Sberbank reklamasi bo‘yicha shikoyatlar kelib tushganini aytgan.

Sberbank reklamasi katta hajmda 4,9 foizdan kredit bo‘yicha foiz stavkasi to‘g‘risida iste’molchi uchun jozibador bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

“Biroq, kredit qiymatiga ta’sir etuvchi boshqa shartlar va uni olish imkoniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (summa, muddat, sug‘urta shartnomasini tuzish sharti va h.k.) qisqa muddatda o‘qish qiyin bo‘lgan shriftda izohda joylashtirilgan. Bu orqali iste’molchilar kreditning narxini belgilaydigan barcha shartlar to‘g‘risida to‘liq bo‘lmagan ma’lumotga ega bo‘lgan”, — deya xulosa qiladi FAS.

Jarima miqdori Sberbank kabi yirik bank uchun katta emas. Ammo bu kabi holatlar bank obro‘siga va unga bo‘lgan ishonchga salbiy ta’sir qiladi.

Manba.

Kiritildi: 17:49 31.05.2023. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!