Payshanba kuni ertalab Moskvadan Norilskga (Krasnoyarsk o‘lkasi) yetib kelgan "Sibir" aviakompaniyasining Airbus 321A layneri aeroportga qo‘ngach, burilish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.
Bu haqda G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi ma’lum qildi.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun soat 08:00 atrofida N.N.Urvasev nomidagi Norilsk xalqaro aeroportida Moskvadan uchayotgan "Sibir" aviakompaniyasining Airbus 321A samolyoti qo‘nish tugagandan so‘ng, uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketgan", — deyiladi xabarda.
Nazorat qiluvchi organ ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida 79 nafar yo‘lovchi bo‘lgan;
Moskvaga qaytish reysi uchun zaxira samolyot ajratildi, jo‘nash soat 15:30 ga rejalashtirilgan.