Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Bosh konsulxona xodimlari ko‘magida Rossiyaning Surgut shahrida oilaviy zo‘ravonlik qurboniga aylangan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 15 may kuni Bosh konsulxonaga fuqaro I.M. turmush o‘rtog‘i Q.M. tomonidan kuchli bosim va tahqirlarga uchragani sababli doimiy yashash manziliga yuborishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur oila 2024 yil may oyida voyaga yetmagan ikki nafar farzand bilan birga Rossiyaning Surgut shahriga kelgan. Mazkur oilaning uchinchi farzandi ushbu shaharda tug‘ilgan.

Jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i Rossiya hududida qonuniy bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirmagan holda turli joylarda ishlagan. Oiladagi yetishmovchiliklar, tayinli ish joyi va daromadning yo‘qligi sababli mazkur oilada kelishmovchilik yuzaga chiqadi. Kunora bo‘layotgan janjaldan toqati toq bo‘lgan ona bolalarini olib O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan. Bundan xabar topgan erkak ularning pasportlarini olib qo‘ygan.

Diplomatlar mazkur oilada bo‘lib, Q.M.dan turmush o‘rtog‘i va farzandlarining hujjatlarini olib bergan hamda ularni Yekaterinburg shahriga olib kelgan. Shuningdek, I.M.ning Rossiyada tug‘ilgan uchinchi farzandiga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgan.

I.M. va uning 3 nafar farzandiga 19 may kungi Yekaterinburg—Namangan aviayo‘nalishidagi samolyotga aviachipta xarid qilingan va O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.

Kiritildi: 06:58 20.05.2025. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!