Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada “Nelegal-2025” operasiyasi yakunlandi — 4 mingdan ortiq migrant deportasiya qilinadi

Rossiyada “Nelegal-2025” operasiyasi yakunlandi — 4 mingdan ortiq migrant deportasiya qilinadi

Rossiyada noqonuniy migrasiyaga qarshi yo‘naltirilgan “Nelegal–2025” operasiyasi yakunlandi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir davomida mamlakat hududida yashash qoidalarini buzgan 4 mingdan ortiq chet el fuqarosi aniqlangan.

Sud qarorlariga asosan ularning barchasi mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Operasiya davomida migrasiya qoidalarini buzgan shaxslarni aniqlash, yashash joylarida va ish joylarida tekshiruvlar o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan.

Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, ayrim hollarda migrantlar yollanma mehnat shartlarini buzgani, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlagani va hujjatlarini qalbakilashtirgan holda faoliyat yuritgani aniqlangan.

Kiritildi: 14:34 02.11.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!