Bugun 20 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi

Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi

Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi musulmonlarga 4 tagacha shariy nikohga ruxsat berdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Moskva muftiysi Ildar Alyautdinovning xabar berishicha, ulamolar kengashi erning barcha xotinlariga adolatli va teng munosabatda bo‘lishi sharti bilan to‘rttagacha shariy nikoh tuzishga ruxsat bergan.

“Agar turmush o‘rtog‘i sog‘lig‘i tufayli, reproduktiv yoshining tugashi yoki boshqa ob’ektiv sabablarga ko‘ra, masalan, jinsiy nomuvofiqligi sababli farzand ko‘rishga qodir bo‘lmasa, bunga yo‘l qo‘yiladi”, dedi u.

Bunda nikohda bo‘lgan erkak o‘z xotinini boshqa ayol bilan yangi nikoh tuzish niyati haqida xabardor qilishi kerak.

“Xotinning mavjudligini yashirish mutlaqo mumkin emas. Agar u (ikkinchi xotin) bu haqda xabardor qilinmagan va bunday vaziyatga ko‘nikishga tayyor bo‘lmasa, o‘zining nikohini (islomiy qoidalar bo‘yicha tuziladigan nikoh) bekor qilishni talab etishga haqlidir”, deya qo‘shimcha qildi muftiy.

Yangi diniy nikoh tuzayotganda erkak kishi barcha farzandlarni o‘z qaramog‘iga olishi hamda vasiyatnomani notarial tasdiqlashi lozim bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 10:17. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!