Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada musulmonlarga g‘ayridin ayollar bilan nikoh qurishni taqiqlandi

Rossiyada musulmonlarga g‘ayridin ayollar bilan nikoh qurishni taqiqlandi

Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi musulmonlarning boshqa din vakillari bilan nikoh qurishini ta’qiqlash haqida xulosa chiqardi. Hujjat boshqarma saytida e’lon qilingan.

“Ulamolar kengashi qaror qiladi: konfessiyalararo nikohlar, xususan, kofir ayollar bilan Rossiya hududida nikoh taqiqlangan”, – deyiladi xulosada.

Hujjatda shuningdek, istisnolar borligini, bu istisnolarni mahalliy muftiy yaxshi tushunishi kerakligiga aniqlik kiritilgan. Agar ayol Xudo borligini tan olsa, Iso Masih va Muhammadni Allohning elchilari sifatida qabul qilsa va Qur’on oyatlariga amal qilishga tayyor bo‘lsa, u holda, u musulmon erkak bilan nikoh qurishga haqli bo‘ladi.

“Shuni ta’kidlash joizki, islom olamining aksariyat obro‘li olimlari, ular orasida to‘rt mazxab teologlari bor, musulmon erkakning kofir ayol bilan nikohdan o‘tishi maqsadga muvofiq emasligi haqida fikrlarni bildirdilar”, – deyiladi matnda.

Hujjatda aytilishicha, er-xotinning din va ma’naviy masalalarda o‘xshashligi ular baxtli hayot kechirishlarining muhim shartlaridan biri sanaladi.

Kiritildi: 22:17 10.11.2020. O'qildi: 4279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!