Rossiyada mobil aloqa ishlashi 10 maygacha cheklanadi.
Ukraina dronlarining tungi hujumidan so‘ng Rossiyaning 30 dan ortiq shahrida yashovchi aholi mobil aloqa bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilmoqda. Banklar, mobil operatorlar, yetkazib berish xizmatlari va taksi agregatorlari faoliyatda uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirmoqda.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov G‘alaba kuni oldidan tayyorgarlik doirasida mobil internet ishlashiga atayin cheklovlar joriy etilayotganini ma’lum qildi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “xavf darajasi”ga muvofiq tegishli cheklovlar kiritiladi va bu 10 may kuniga qadar davom etadi.