British Airways ekipaji parvozlardan birida g‘alati hodisaga duch keldi.
Bu haqda Sun nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Buyuk Britaniyaga AQShdan uchayotgan bo‘lib, bortida 470 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj a’zolari parvoz oldidan bortga chiqqan styuardlardan birini qidira boshlashdi.
Tez orada uni biznes-klassdagi hojatxonadan topishdi.
"Ekipaj boshlig‘i uning butunlay yalang‘och holda raqsga tushayotganini ko‘rib hayratda qoldi", — deyiladi nashrda.
Styuard pijama kiygan va o‘rindiqqa mahkam bog‘langan edi. Xitrou aeroportiga qo‘ngach, u polisiyaga topshirilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, styuart vaqtincha ishdan chetlashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, u giyohvand moddalarni iste’mol qilgan va bu voqeani sodir etgan.