Rossiya Davlat Dumasi rus tilini bilmaydigan muhojirlarning bolalarini maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi.
Mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabga talabgor dasturni o‘zlashtirish uchun yetarli bo‘lgan til bilimi bo‘yicha bepul testdan o‘tish kerak bo‘ladi. Testdan o‘ta olmaganlar maktabga qabul qilinmaydi.
Bundan tashqari, Rossiyada noqonuniy bo‘lib turganlarni ham o‘qishga qabul qilmaydi.
Dumasi rais Vyacheslav Volodinning Telegram-kanalida yozishicha, yil boshidan beri Davlat Dumasi migrasiya siyosatini takomillashtirish va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 14 ta federal qonunni qabul qilgan.
Volodin keltirgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, chet ellik bolalarning 41 foizi rus tilini bilishda muammolarga duch kelishadi.
Ular dasturni o‘zlashtirishda va tengdoshlari va o‘qituvchilari bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Rus tilini past darajada bilish yoki uni bilmaslik bolaning o‘zi va sinfdoshlar uchun muammolarni keltirib chiqaradi.