Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada mehnat migrantlari uchun 10 yillik elektron hujjat joriy etiladi

Rossiyada mehnat migrantlari uchun 10 yillik elektron hujjat joriy etiladi

Rossiyada uzoq muddat qolishni istagan xorijiy fuqarolar uchun 10 yillik elektron hujjat joriy etiladi. Bu haqida IIV TASS axborot agentligiga xabar qildi.

Elektron hujjatda xorijiy fuqaro haqida barcha kerakli ma’lumotlar himoyalangan ko‘rinishda saqlanadi. Hujjat muddati 10 yil bo‘lib undan so‘ng yangisiga almashtiriladi.

Rossiyada 90 kundan ortiq muddatga qolishni istagan barcha xorijiy fuqarolar, ularning maqsadi o‘qish, ish, davolanish va boshqa bo‘lishidan qat’iy nazar, ana shunday elektron hujjat rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, birinchi navbatda ushbu tizim Moskvada ishga tushadi. Ayni damda IIV tomonidan ushbu jarayonni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin IIV Migrasiya xizmati rahbari Kazakova mehnat migrantlari uchun Rossiyaning “Gosuslugi” portali muqobili paydo bo‘lishi haqida ma’lum qilgan edi. Kazakova aytishiga ko‘ra migrantlar yangi platformadan mobil ilova shaklida foydalanishi mumkinligi va kerakli davlat xizmatlarini elektron ko‘rinishla olishlari mumkinligini xabar qilgan edi.

Kiritildi: 14:13 01.05.2021. O'qildi: 3347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!