Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tergov izolyatorida odamlarni garovga olgan jinoyatchilar avtomashina, qurol-yarog‘ va izolyatordan chiqib ketish imkoniyatini talab qilmoqda.
Jinoyatchilar ularning talablari bajarilgan holatda garovga olinganlarni ozod qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ayni damda tergov izolyatori tomon Rossiya maxsus kuchlari yo‘l olgan.