Rossiyada harbiylarni "obro‘sizlantirish" va sanksiyalarga chaqirish uchun mol-mulk musodara qilinadi.
Davlat Dumasiga kiritilgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlarini "obro‘sizlantirish" Rossiyaga qarshi sanksiyalarga chaqirish va ularni qo‘llashga yordam berish uchun mulk musodara qilinishi mumkin. Bu harakatlar sud tomonidan shaxsiy manfaat yoki pul evaziga qilingan deb topilsa, jazo kuchayadi.
Yangi taklifga binoan, avvalgidek ma’muriy jazo qo‘llash bekor qilinib, bevosita jinoiy ish ochiladi.
Agar shaxs moddiy manfaat evaziga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlasa, unga 3 million rublgacha jarima yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin. Agar u sanksiyalarni amalga oshirishda faol ishtirok etsa, jazo yanada og‘irlashib, 7 yilgacha qamoq jazosini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, pul evaziga Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish uchun 5 yilgacha qamoq jazosi tayinnlanishi mumkin.