Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada deputatlarga o‘qotar qurol olib yurish huquqini berish taklif etildi

A A A
Rossiyada deputatlarga o‘qotar qurol olib yurish huquqini berish taklif etildi

Rossiyada ehtimoliy provokasiyalar va dushmanlarning alohida e’tibori tufayli deputatlarga o‘qotar qurol olib yurish huquqini berish taklif etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi

Tegishli taklif Davlat dumasining Xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Sulton Hamzayev (“Yagona Rossiya” partiyasidan) tomonidan ilgari surilgan. U Rossiya gvardiyasi Markaziy bank rahbariyatiga qurol olib yurish huquqini berishni taklif etganini eslatdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday huquq deputatlarda ham bo‘lishi kerak, chunki ularning barchasida shaxsiy qo‘riqchilar yollash imkoniyati yo‘q

Bundan tashqari, u barcha deputatlar GTO (“Mehnat va mudofaaga tayyor” kompleks) standartlarini topshirishlari va birinchi yordam kurslarini o‘tashlari kerakligini aytdi.

Kiritildi: 23:43 21.07.2024. O'qildi: 1389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!