Rossiyaning Novosibirsk viloyatida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Engil avtomobil va evakuatorning to‘qnashuvi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Novosibirskdan Ordinskoye qishlog‘i yo‘nalishida harakatlanayotgan “Chevrolet Cobalt” rusumli avtomashina “Hyundai” evakuatori bilan to‘qnashib ketgan. Shundan so‘ng mashina yo‘ldan chiqib, kanalga tushib ketgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.