Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya Xitoyga Tayvanning ehtimoliy bosqiniga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berayotgan bo‘lishi mumkin

Rossiya Xitoyga Tayvanning ehtimoliy bosqiniga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berayotgan bo‘lishi mumkin

Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Hujjatlarda aytilishicha, 2024-yil oktyabr oyidagi qiymati 580 million dollardan ortiq bo‘lgan shartnomaga ko‘ra, Xitoy 37 ta BMD-4M havo-desant jangovar texnikasi, 11 ta Sprut-SDM1 o‘ziyurar qurollari, 11 ta BTR-MDM zirhli transport vositalari, qo‘mondonlik mashinalari va og‘ir texnikani havoga tushirish uchun maxsus parashyut tizimlarini olgan.

Bundan tashqari, rossiyalik instruktorlar xitoylik parashyutchilarni Rossiyada ham, Xitoyda ham tayyorlashlari kutilmoqda. Tayvan vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini va ehtimoliy hujumga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 20:49 26.09.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!