Rossiya Xitoyning iltimosiga binoan neft yetkazib berishni yiliga 2,5 mln tonnaga oshirishga tayyor. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.
Rossiya hukumati may oyi boshida buyruq e’lon qildi, unga ko‘ra XXR g‘arbiy qismidagi neftni qayta ishlash zavodlarini ta’minlash uchun neft yetkazib berishning cheklangan darajasi 10 dan 12,5 million tonnagacha oshishi mumkin.
"Bu Xitoy tomonining taklifi va biz bunday yetkazib berishni ta’minlashga tayyormiz. Ammo buning uchun ma’lum texnologik yechimlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi," - deya Novakning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning aniqlik kiritishicha, gap Qozog‘iston orqali resurs yetkazib berish haqida ketmoqda.