Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi

Joriy yilning aprel oyining 28 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudida sudlanuvchi T.R.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqildi. Bu haqda Uznews.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi T.R. 2021 yil may oyida ishlash maqsadida O‘zbekistondan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga borib, u yerda ishlab kelishi davomida, O‘zbekiston fuqarosi bo‘la turib, nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi bo‘lmasa-da, nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamasa-da va hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqlarni bajarish vakolati berilmagan.

Shunday bo‘lsa-da, 2024 yilning yanvar oyida Rossiyada huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan uning Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi aniqlanib, kelgusida o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmasligi, Rossiya fuqaroligini olish hamda boshqa o‘zining manfaatlarini ko‘zlab, Rossiya va Ukraina davlati o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan harbiy harakatlarda ishtirok etish maqsadida, Rossiya qurolli kuchlari harbiy xizmatiga yollangan.

U Lelningrad viloyati, Viborgskiy rayon poselka kamenka hududida Ukraina davlatiga qarshi harbiy harakatlarda faol ishtirok etib, Lelingrad viloyati, Viborgskiy rayonida joylashgan jang maydonida harbiy istehkomlar (blindaj) qurish ishlariga jalb qilinib, 2025 yil 10 yanvar kuni "G‘isht-ko‘prik" XNO‘P orqali O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Sud, sudlanuvchi T.R.ning jinoyat sodir etishdagi holatlarini muhokama qilib, uni aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi va muqaddam sudlanmaganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb, jinoyatni g‘araz niyatda sodir qilgani jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb baholadi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi T.R. JKning 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Sudlanuvchi T.R.ga JKning 154-moddasi 1-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, ish joyigacha borish va uy-joyiga qaytib kelish uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtlarda Pastdarg‘om tumanida joylashgan yashash joyini chiqishdan cheklagan holda, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 18:53 14.05.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!