Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi har ikki tomonning o‘t ochishni to‘xtatish mexanizmini tushunishga qaratiladi.
Bu taxminni Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari, LDPR yetakchisi Leonid Sluskiy aytdi.
"Keyingi raund, men taxmin qilishga jur’at etaman, ayniqsa, ikki tomonning o‘t ochishni to‘xtatish mexanizmini tushunishga bag‘ishlanadi. Vaziyat yoki jarayon umumiy maxrajga keladimi yoki yo‘qligini taxmin qilmaymiz. Lekin menimcha, buning ehtimoli ancha jiddiy", - dedi u.
Avvalroq Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Moskva va Kiyev “1000 ga 1000” formulasi bo‘yicha mahbuslarni almashish, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi tasavvurlarini taqdim etish, uni batafsil bayon qilish va muzokara jarayonini davom ettirishga kelishib oldi. Rossiya delegasiyasi rahbari, prezident yordamchisi Vladimir Medinskiyning aytishicha, Rossiya tomoni uchrashuv natijalaridan mamnun. Shuningdek, u Ukraina davlatlar rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni so‘ragani va Rossiya bu iltimosni inobatga olgani haqida xabar berdi.