Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya va Ukraina delegasiyalarining Istanbuldagi uchrashuvi hozircha rejalashtirilmagan - CNN

A A A
Rossiya va Ukraina delegasiyalarining Istanbuldagi uchrashuvi hozircha rejalashtirilmagan - CNN

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya yetakchisi Rajab Erdo‘g‘an bilan muzokara o‘tkazish va urushni tugatish bo‘yicha mumkin bo‘lgan qadamlarni muhokama qilish uchun bugun Anqaraga uchib ketdi. Kiyevda xabar qilinganidek, Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘ng Ukraina prezidenti keyingi harakatlar haqida qaror qabul qiladi.

Shu bilan birga, Turkiya TIVdagi CNN manbasi Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida rasmiy uchrashuv hozircha rejalashtirilmaganini ma’lum qildi. Kreml avvalroq muzokaralar kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina manfaatlarini SBU rahbari Vasil Malyuk, mudofaa vaziri Rustem Umerov va Turkiyaga allaqachon kelgan Bosh shtab rahbari Andrey Gnatov himoya qilishi mumkin.

Zelenskiy Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini aytdi, biroq Rossiya, Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Istanbulga haqiqiy muzokaralar olib borish vakolatiga ega bo‘lmagan “soxta” delegasiya yuborgan. Kreml Putinning ishtirokini rad etdi va Rossiya delegasiyasi tarkibiga faqat 2022 yilgi muvaffaqiyasiz muzokaralarda qatnashgan rasmiylar kirgan.

Shu bilan birga, Turkiya prezidentining rasmiy vakili Erdo‘g‘an zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va haqiqiy tinchlik muzokaralari boshlanishini talab qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Zelenskiy bilan “joriy voqealarning barcha jihatlarini” muhokama qilmoqda.

Kiritildi: 16:04 15.05.2025. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!