Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya va Ukraina 6000 nafar harbiy jasadini almashadi — yangi kelishuv e’lon qilindi

Rossiya va Ukraina 6000 nafar harbiy jasadini almashadi — yangi kelishuv e’lon qilindi

Ukraina mudofaa vaziri Umerov so‘zlariga ko‘ra, tomonlar 6000 ga 6000 formulasi bo‘yicha halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashishga kelishib oldi.

Shuningdek, ikki davlat og‘ir kasal va 25 yoshgacha bo‘lgan harbiy asirlarni almashish bo‘yicha ham kelishuvga erishdi. Ammo o‘t ochishni to‘xtatish va Istanbuldagi yuqori darajadagi muzokaralar hozircha kelishilmagan.

Ukraina delegasiyasi Rossiyaga yana bir uchrashuvni iyun oyi oxirigacha o‘tkazishni taklif qildi. Rossiya o‘z memorandumini taqdim etgan va uni o‘rganish uchun Ukraina tomoniga bir hafta vaqt kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 19:55 02.06.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!