BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Meksika tashqi ishlar vaziri Alisiya Barsena Ibarra o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
“Asosiy xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish chog‘ida BMT, G20, APEK va boshqa ko‘p tomonlama forumlarda yaqin hamkorlikni davom ettirishdan, Rossiya va Meksikaning xalqaro huquq tamoyillari va normalariga sodiqligi hamda jamoaviy hamkorlikdan manfaatdorlik bildirildi. dolzarb global muammolarga yechim izlash tasdiqlandi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Ikki tomonlama siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.