Saudiya Arabistoni poytaxtida bir kun avval o‘tkazilgan maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha Vashington va Moskvaning qo‘shma bayonoti seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da e’lon qilinishi mumkin.
Bu haqda Amerikaning CBS telekanali xabar bermoqda.
Uning manbalariga ko‘ra, “bayonot Vashington vaqti bilan soat 4:00da (Toshkent vaqti bilan 13:00) e’lon qilinishi rejalashtirilgan". Nashr ushbu hujjatga oid tafsilotlarni keltirmaydi. Telekanal manbalariga ko‘ra, "Ar-Riyoddagi ekspertlar guruhi tomonidan AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga yetkazilgan xabarlar optimistik bo‘lib tuyuldi".
Avvalroq Reuters agentligi Oq uydagi manbaga tayanib, Vashington ma’muriyati Saudiya Arabistonida Rossiya va Ukraina vakillari bilan maslahatlashuvlarni ijobiy baholagani haqida xabar bergan edi.