Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya va AQSh "Ukraina masalasi bo‘yicha jarayon"ni boshlamoqda

Rossiya va AQSh "Ukraina masalasi bo‘yicha jarayon"ni boshlamoqda

Rossiya va AQSh yaqin kelajakda "Ukraina inqirozini hal etish jarayoni"ni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Lavrovning aytishicha, AQSh Rossiya-Ukraina urushini yakunlash bo‘yicha muzokaralarda o‘z vakilini kim bo‘lishini xabar qilishi kerak. "Tegishli vakilning ismi va lavozimini bilganimizdan so‘ng, biz <...> darhol ushbu jarayondagi ishtirokchimizni belgilaymiz," - dedi Rossiya vaziri.

Shundan so‘ng, Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida maslahatlashuvlar boshlanadi.

Lavrov ta’kidlashicha, Rossiya va AQSh turli sohalarda hamkorlikni qayta tiklash uchun sharoit yaratishga kelishib oldi. U shunday dedi: "Keng konseptual ma’noda (kelishib oldikki) Ukrainadagi inqirozni hal etish bilan bog‘liq jarayonlar davomida, parallel ravishda hamkorligimiz to‘liq hajmda tiklanishi va turli sohalarga kengayishi uchun sharoit yaratish lozim".

Kiritildi: 20:22 18.02.2025. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!