Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Rossiya va AQSh maxsus xizmatlari o‘rtasida aloqalar doim bo‘lib turadi..."

"Rossiya va AQSh maxsus xizmatlari o‘rtasida aloqalar doim bo‘lib turadi..."
Vladimir Putin Bishkekdagi SHHT sammitidan so‘ng jurnalistlar oldida chiqish qildi va AQSh MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi) direktori Jon Retkliffning Moskvaga tashrifi hamda Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayoni haqidagi savolga javob berdi. "Maxsus xizmatlar vakillari o‘rtasidagi aloqalar doimo amalga oshiriladi. Yaqindagina biz Amerika tomoniga bizning ozodlikdan mahrum etish muassasamizda saqlanayotgan AQSh fuqarosini topshirdik. Aloqalar har doim mavjud bo‘lib kelgan, hatto “sovuq urush” davrining eng murakkab damlarida ham. Hozir esa ular ayniqsa faol amalga oshirilmoqda. Ukraina bo‘yicha muzokaralar ishtirokchilarini kengaytirishga kelsak, biz muzokaralar aniq mazmunga ega bo‘lishi tarafdorimiz. Agar kimdir jarayonga aniq hissa qo‘shayotgan bo‘lsa yoki qo‘sha olsa, biz buni faqat qo‘llab-quvvatlaymiz. Faqat bitta narsani, ya’ni hammasi ma’nosiz tarzda aylanib yuraverishini xohlamasdik. Ammo agar kimdir bugungi kunda ma’lum darajada muzlatib qo‘yilgan ushbu muzokaralar jarayoniga qandaydir ijobiy o‘zgarish kirita olsa, biz bunga qarshi emasmiz", — dedi Putin.
Kiritildi: 12:15 02.09.2026. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!