"Xarkov keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri eng kuchli hujumlarni boshdan kechirmoqda. Bir yarim soat ichida shaharda 40 dan ortiq portlash yuz berdi. Dushman bir vaqtning o‘zida raketalar, Shahed dronlari va boshqariladigan avia bombalar bilan zarba bermoqda", — deb yozdi shahar meri Oleg Terehov
Merning ma’lum qilishicha, Rossiya hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va 17 nafar inson jarohatlangan.
"Dushman Xarkovga 53 ta Shahed turidagi dron, 4 ta boshqariladigan avia bomba va bitta raketa bilan hujum qildi", — deya aniqlik kiritdi mahalliy harbiy ma’muriyat rahbari Oleg Sinegubov.
Bundan tashqari Rossiyaning tungi hujulari oqibatida Dnepr shahrida korxona va infratuzilma ob’ektlari zarar ko‘rgani, Pavlogradda esa korxona va ko‘p qavatli uylar shikastlangani xabar berilmoqda.
"Dneprda ikki nafar ayol jarohat oldi. Hujum kombinasiyalangan bo‘lib, unda Shahed dronlari va raketalar qo‘llanildi", — deya ma’lum qildi viloyat gubernatori Sergey Lisak.