Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Ukrainaga zarba berishda foydalanayotgan Shimoliy Koreya raketalari nishonga aniqroq tegmoqda – Reuters

Rossiya Ukrainaga zarba berishda foydalanayotgan Shimoliy Koreya raketalari nishonga aniqroq tegmoqda – Reuters

Agentlik bu haqda Ukrainaning ikki yuqori martabali manbasiga tayanib yozmoqda.

Reuters suhbatdoshiga ko‘ra, ilgari KXDR raketalarining nishondan chetga chiqishi bir kilometrdan uch kilometrgacha bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 50-100 metrni taahkil etmoqda. Agentlik manbasi aniqlikning oshishini "kutilmagan holat" deb atadi.

Bu KXDR raketalari takomillashtirilgan navigasiya tizimlari yoki boshqaruv mexanizmlari bilan jihozlana boshlagani sababli sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Boshqa ehtimoliy sabablar orasida nishon haqidagi aniqroq ma’lumotlar, Rossiya tomonidan taqdim etilgan nishonga olish tizimlari uchun yangi komponentlar va jangovar tajribaga asoslangan takomillashtirish bor.

Kiritildi: 23:12 06.02.2025. O'qildi: 6741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!