Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyati bo‘yicha maxsus tribunalni tan olishdan bosh tortdi

Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyati bo‘yicha maxsus tribunalni tan olishdan bosh tortdi

"Bu organing faoliyati va qarorlari biz uchun mutlaqo hech qanday kuchga ega bo‘lmaydi. Har qanday davlatning unga qo‘shilishini biz dushmanona harakat sifatida baholaymiz. Bu harakat mojaroni hal qilishga emas, balki Ukrainani o‘rab turgan hozirgi inqirozni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan deb hisoblaymiz. Bunday “buyurtma sud” mexanizmlariga nisbatan Rossiya qonunchiligida belgilangan cheklovchi choralar qo‘llaniladi", — dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda.

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa Kengashi bosh kotibi Alen Berse 25 iyun kuni Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha Maxsus tribunal tuzish to‘g‘risida kelishuv imzolagan edi. Xabar berilishicha, maxsus tribunal odatda shaxsiy daxlsizlik immuniteti bilan himoyalangan davlatning yuqori rahbariyatiga nisbatan tergov o‘tkazish imkonini beradi. Bu holatda gap Rossiya rahbariyati haqida bormoqda. Shu bilan birga, sud jarayonini boshlash va Rossiya rasmiylariga hukm chiqarish faqat ular lavozimini tark etganidan keyin mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 10:28 27.06.2025. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!