Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazilganini e’lon qildi.
"Rossiya Qurolli kuchlarining 150 nafar harbiy xizmatchisi qaytarildi, Kiyevga Ukraina Qurolli kuchlarining 150 nafar askari topshirildi. Rossiyalik harbiylar hozir Belarus hududida, ular tez orada Rossiyaga yuboriladi", deyiladi vazirlik xabarida.
Asirlar almashinuvi Birlashgan Arab Amirliklari vositachi sifatida ishtirok etgan. Ukraina tomoni bu bo‘yicha hali izoh bermadi.