U bir xonadonning 5 nafar a’zosini sababsiz pichoqlagan, ulardan biri halok bo‘ldi, to‘rt nafari jarohatlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 3 yanvar kuni Nukusda FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan askar harbiy qismdan chiqib ketib, mast holatda o‘tkir tig‘li jism bilan eshigi ochiq turgan xonadonga kirib uxlab yotgan 5 nafar fuqaroni sababsiz pichoqlagan va buning oqibatida jabrlanuvchilarning biri vafot etgan. Qolgan 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2005 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borlimoqda.