Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarda haddan tashqari ko‘p talablarni ilgari surmoqda

Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarda haddan tashqari ko‘p talablarni ilgari surmoqda

Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarda haddan tashqari ko‘p talablarni ilgari surmoqda. Bu haqda AQSh vise-prezidenti xabar berdi.

Jey Di Vens bu haqda Vashingtonda Myunxen xavfsizlik konferensiyasi tomonidan tashkil etilgan forumda aytib o‘tdi.

Vens muzokaralardagi keyingi qadam Moskva va Kiyevning to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalari bo‘lishi kerakligini bildirdi.

"Possiyaliklar kelishuvdan manfaatdor emas, deb aytmagan bo‘lardim. Men hozirgi vaqtda Moskva mojaroni to‘xtatish uchun ma’lum bir talablar, ma’lum bir imtiyozlar to‘plamini ilgari surmoqda, deb aytgan bo‘lardim. Biz ular juda ko‘p narsa so‘rashmoqda, deb hisoblaymiz", — dedi AQSh vise-prezidenti.

Vensning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning xizmatlaridan biri shundaki, u Rossiyani mojaroni hal qilish shartlarini aytishga majbur qilgan. Ungacha esa Rossiya bir so‘z ham demay urush zonalarida oldinga boravergan.

Kiritildi: 18:45 08.05.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!