Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari 1 yanvar, chorshanba kuni ertalab Ukraina poytaxti Kiyevga hujum qildi.
Shaharning Pecherskiy rayonida turar joy bo‘lmagan binoga, shuningdek, ko‘p qavatli turar joy binosiga zarar yetdi, bir necha qavatlar qisman vayron bo‘ldi. Turar joy binosi hukumat qarorgohi yonida va prezident devonidan, shuningdek, me’moriy yodgorliklar reestriga kiritilgan uy va Ukraina Milliy banki binosidan uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.
"Rossiyaliklar Kiyev markazidagi oddiy uylarga zarba berishdi. Kiyev markazidagi uylar kamida to‘rtta "Shahed"lar bilan hujumga uchragan", deb yozdi prezident devoni rahbari Andrey Yermak Telegram-kanalida.