Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya uch oyda NATO bir yilda ishlab chiqaradigan miqdorda o‘q-dorilar ishlab chiqaradi

Rossiya uch oyda NATO bir yilda ishlab chiqaradigan miqdorda o‘q-dorilar ishlab chiqaradi

Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Bryusselda bo‘lib o‘tgan alyans mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"So‘nggi bir necha yilda ro‘y bergan voqealar o‘zgarishlar nihoyatda muhimligini ko‘rsatdi. Rossiya tomonidan katta tahdid mavjud, Moskva 2022 yilda Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshladi. Aslida bu 2014 yilda boshlangan edi, ammo keng ko‘pamli qirg‘in, qon to‘kish aynan 2022 yilda boshlandi", — dedi Ryutte.

Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlarga qaraganda ancha zaif iqtisodiyotga ega bo‘lgan Rossiya uch oyda NATO'ning bir yillik o‘q-dori ishlab chiqarish hajmini bajara oladi. Biz Rossiyadan 25 barobar katta iqtisodiyotga ega bo‘lsak-da, ularning harbiy ishlab chiqarishi hajmi biznikidan oldinda. O‘q-dori ishlab chiqarish bu harbiy qudratning asosi", — deya ta’kidladi bosh kotib.

Kiritildi: 08:58 07.06.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!