Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Turkiyadagi Akkuyu AES qurilishiga qariyb 24 milliard dollar sarmoya kiritadi

A A A
Rossiya Turkiyadagi Akkuyu AES qurilishiga qariyb 24 milliard dollar sarmoya kiritadi

Turkiyadagi Akkuyu AES qurilishiga Rossiya sarmoyalarining umumiy hajmi taxminan 23-24 milliard dollarni tashkil qiladi.Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sarovda yosh olimlar bilan uchrashuvi chog‘ida “Rosatom” davlat korporasiyasi rahbari Aleksey Lixachev ma’lum qildi.

“Misrda biz loyihani deyarli to‘liq moliyalashtiryapmiz. Bu 25 milliard dollar turadi”, dedi Putin Lixachevga “Turkiyada 17 milliard dollarmi?” degan savolga javob berar ekan.

Bunga javoban Lixachev: “Yo‘q, Turkiya 23-24 milliard dollarga ega bo‘ladi”, dedi.

Eslatib o‘tamiz, “Akkuyu” Turkiyada qurilayotgan birinchi atom elektr stansiyasidir. Loyiha 2010-yil 12-mayda Rossiya Federasiyasi va Turkiya o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 11:48 09.09.2023. O'qildi: 2427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!