Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Zelenskiy va Uitkoffning uchrashuvida ishtirok etmaydi

 Rossiya Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Zelenskiy va Uitkoffning uchrashuvida ishtirok etmaydi

Bu haqda Kreml matbuot kotibi xabar berdi.

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu muzokaralar hozirda Rossiya ishtirokisiz amalga oshirilmoqda.

"Rossiya muzokarachilari hali Turkiyaga bormayapti. Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ertaga uchrashishni rejalashtirmoqda", — dedi Kreml vakili.

Avvalroq, Reuters AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 19 noyabr kuni Turkiyaga tashrif buyurishi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralarda ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 22:34 18.11.2025. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!