Qo‘shma Shtatlar Ikkinchi Jahon urushida Sovet Ittifoqiga yordam berdi, ammo "ular uchun bu biznes edi". Bu haqda Kreml rasmiysi Dmitriy Peskov Amerika prezidenti Donald Trampning Rossiya AQShga bu urushda g‘alaba qozonishiga yordam bergani haqidagi so‘zlariga izoh berar ekan, aytib o‘tdi.
"Siz prezidentga bo‘lgan hurmatimiz bilan birga, u bilan kelishmay qolishimiz mumkin bo‘lgan mavzuni ko‘tarib chiqdingiz. Tramp prezident allaqachon Amerika va Yevropa o‘rtasida okean borligini ta’kidlagan edi... urush boshqa qit’ada sodir bo‘lgan..." - dedi u jurnalistlarning AQShning yangi rahbari so‘zlariga izoh berish iltimosiga javob berar ekan.
Peskovning aytishicha, "G‘alaba uchun eng katta to‘lovni SSSR to‘ladi, garchi AQSh yordam bergan bo‘lsa-da, ular doimo pul ishlashgan - bu har doim biznes bo‘lgan."
Kreml vakili ta’kidlashicha, hozirgi paytda Vashington "pul ishlash orqali Ukrainaga yordam bermoqda."
"Biz AQShning Ikkinchi jahon urushidagi yordamini hech qachon unutmaymiz. Umid qilamizki, AQSh va Tramp G‘alabaning 80 yilligi quvonchini biz bilan baham ko‘radi," - deya qo‘shimcha qildi u.
Bir kun oldin Amerika prezidenti rus xalqini sevishini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan doimo juda yaxshi munosabatda bo‘lganini aytgan edi.
"Biz hech qachon unutmasligimiz kerak, Rossiya bizga Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonishda yordam berdi va bu jarayonda deyarli 60 million kishining hayotini yo‘qotdi," - deb yozdi Tramp.