Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya TIV fuqarolarga Afg‘onistondan qochishni tavsiya qildi

A A A
Rossiya TIV fuqarolarga Afg‘onistondan qochishni tavsiya qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga Afg‘onistonga borishdan tiyilishni qat’iy tavsiya qildi. Vazirlik bunga sabab sifatida mamlakatdagi notinch vaziyat va xorijlik sayyohlarga uyushtirilgan hujumlarni ko‘rsatdi.

«Afg‘onistondagi xavfsizlik bo‘yicha o‘ta og‘ir vaziyat davom etayotgani fonida Rossiya TIV Rossiya fuqarolariga ushbu mamlakatga shaxsiy, jumladan, turizm maqsadida tashrif buyurishdan tiyilishlarini qat’iy tavsiya qiladi», deyiladi TIV saytida.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, 17 may kuni Afg‘onistonning Bomiyon shahridagi bozorda otishma sodir bo‘lgan, natijada uch Ispaniya fuqarosi halok bo‘lgan. Yevropadan kelgan yana 4 nafar xorijlik sayyoh jarohat oldi.

Kiritildi: 19:00 21.05.2024. O'qildi: 4124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!